Тариф: С НДС 8400 сум
image 2025-12-01

Aholiga murojaat

Hurmatli fuqarolar!

Tibbiyot muassasalarida hosil bo‘ladigan chiqindilar — infeksion, kimyoviy va biologik xavfi yuqori bo‘lgan maxsus turdagi chiqindilardir. Ushbu chiqindilarni maishiy chiqindilar bilan aralashtirib tashlash qat’iyan man etiladi va jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Tibbiyot chiqindilarining umumiy maishiy chiqindilar qatoriga tushishi:

  • yuqumli kasalliklarning tarqalishiga,

  • virus va bakteriyalar bilan zararlanish xavfi ortishiga,

  • chiqindi yig‘ish va tashish jarayonida xodimlar jarohat olishi yoki yuqumli moddalar bilan zararlanishiga,

  • atrof-muhitning kimyoviy va biologik ifloslanishiga sabab bo‘ladi.

Shu boisdan Siz, hurmatli fuqarolardan tibbiyot chiqindilarini:

  • maishiy chiqindilardan alohida yig‘ish,

  • maxsus belgilangan konteynerlarga tashlash,

  • uy sharoitida dorilar, shpritslar, kesuvchi yoki teshuvchi vositalarni umumiy chiqindiga qo‘shmaslik
    kabi qoidalarga qat’iy amal qilishingizni so‘raymiz.

Aholining sanitariya madaniyati va mas’uliyati — shahar tozaligi, atrof-muhit xavfsizligi va jamiyat salomatligining eng muhim kafolatidir.

Birgalikda o‘z hududimizni toza, xavfsiz va sog‘lom saqlaymiz.