Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi Ijroiya qoʻmitasining 1990 yil 28 apreldagi Qarori bilan "Toshkent chiqindilarni qayta ishlash korxonasi" tashkil etildi.
2000 yil 9 fevralda Toshkent shahar hokimligi Korxonalarni roʻyxatga olish boshqarmasining FN019897-sonli guvohnomasi asosida "Maxsustrans - Ishlab chiqarish Boshqarmasi" Davlat korxonasi nomi berildi.
"Maxsustrans - Ishlab chiqarish Boshqarmasi" Davlat korxonasi aholidan, tashkilotlar va korxonalardan qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha faoliyatni amalga oshiradi. "Maxsustrans - Ishlab chiqarish Boshqarmasi" Davlat korxonasi tarkibiga Toshkent shahrining 12 ta tuman filiali, "Maxsustrans-ta'mir xizmati" filiali va "Chiqindilarni qayta yuklash va utilizatsiya qilish" filiali kiradi. Shuningdek, "Chiqindilarni qayta yuklash va utilizatsiya qilish" filiali negizida 3 ta stansiya mavjud bo'lib, poytaxtimizning Yunusobod, Yashnobod va Yakkasaroy tumanlarida o'z faoliyatini yuritib kelmoqda.
So'nggi yillarda "Maxsustrans - Ishlab chiqarish Boshqarmasi" Davlat korxonasi tizimi tubdan yangilanib, ish samaradorligini oshirish uchun keng imkoniyatlar yo'lga qo'yildi.
Jumladan, 2023 yil 1 yanvar holatiga koʻra, "Maxsustrans - Ishlab chiqarish Boshqarmasi" Davlat korxonasi tasarrufida jami 439 ta chiqindi tashuvchi maxsus texnikalar mavjud bo'lgan. Shulardan yaroqsiz holga kelib qolgan 92 ta chiqindi yig'ish mashinalarini ta'mirlash uchun zarur vositalar xarid qilingan. Texnikalardagi kamchiliklar bartaraf etilib, to'liq ishga jalb qilingan. Korxonaning axborot kommunikatsiya tizimlarini modernizatsiya qilish orqali maxsus texnikalarning ish jarayonini onlayn kuzatib borish jarayoni yo'lga qo'yilgan. Foydalanishga yaroqsiz moslamalarni tubdan yangilash uchun, 330 ta yangi gps kuzatuv moslamalari xarid qilingan va texnikalarga o'rnatilgan.
2023 yilda "Maxsustrans - Ishlab chiqarish Boshqarmasi" Davlat korxonasi tasarrufida 643 ta chiqindi yig‘ish maydonchalari mavjud bo‘lib, ushbu chiqindi yig‘ish maydonchalarini ayrimlarini rekonstruksiya qilish maqsadida korxona qoshida qurilish brigadasi shakllantirilgan. Qurilish brigadasi tomonidan 2023 yilning mart-iyul oylarida korxonaning ichki imkoniyatidan kelib chiqqan holda, tuman hokimliklari va aholining talablariga asosan 3 ta (Shayxontoxur tumanida 1 ta, Bektemir tumanida 2 ta) maydoncha buzib qaytadan qurilgan va 7 ta (Yashnobod tumanida 2 ta, Olmazor tumanida 1 ta, Chilonzor tumanida 2 ta, Sergeli tumanida 1 ta, Shayxontoxur tumanida 1 ta) qo‘shimcha maydoncha sanitar normalarga asosan yangi qurilib, foydalanishga topshirilgan.
2024 yilda faoliyatimiz ko'rsatkichlari yanada yaxshilandi. Jumladan, 34 ta yangi chiqindi yig'ish texnikalar xarid qilindi. 15 ta ISUZU 12m3 rusumli maxsus chiqindi tashuvchi texnikalarga qish mavsumida shox ko‘chalardagi qorlarni tozalash uchun qor kurash maslamalari o‘rnatildi, 60 ta chiqindi yig‘ish maydonchalari qurildi va foydalanishga topshirildi, 410 ta chiqindi yig‘ish maydonchalari qayta ta’mirlandi. 30 dona Yangi tipdagi zamonaviy modullar o‘rnatildi. 1250 dona Chiqindi konteynerlari xarid qilindi va foydalanishga topshirildi, 932 ta Chiqindi yig‘ish maydonchalariga axborot planshetlari o‘rnatildi. 581 ta Chiqindi yig‘ish maydonchalari davlat kadastr ro‘yxatidan o‘tkazildi. Toshkent shahridagi 3 ta Chiqindilarni qayta yuklash stansiyasi 9 dona zamonaviy video kuzatuv kameralari bilan ta'minlandi va olib chiqib ketilayotgan chiqindi vaznini Toshkent shahar hokimligining Situatsion markazida elektron ravishda kuzatish imkoni yaratildi. Shuningdek, Toshkent viloyat Oxangaron tumanida joylashgan “Shahar chiqindixonas”si kirish va chiqish yo‘liga 2 ta zamonaviy to‘siq (shlagbaum) va 4 ta video kameralar o‘rnatildi.
2024 yil "Maxsustrans - Ishlab chiqarish Boshqarmasi" Davlat korxonasiga muqobil korxonalardan jami 64 ta mahallalar biriktirildi va 16 ta muqobil korxonalar faoliyati tugatildi. Hozirgi kunda "Maxsustrans - Ishlab chiqarish Boshqarmasi" Davlat korxonasi tomonidan Toshkent shahar hududida 505 ta mahalla to‘liq qamrab olinib, xizmat ko‘rsatilishi yo‘lga qo‘yilgan.
© 2014-2019 "МАХСУСТРАНС" ДУК