Тариф: С НДС 8400 сум
image 2025-11-26

Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda “nadir_shamss” nomli foydalanuvchi tomonidan Ohangaron poligonida chiqindilar yoqilayotgani va buning oqibatida atmosfera havosi zaharlanayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

“Maxsustrans–Ichb” DUK mazkur xabar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi. Ohangaron tumanidagi yangi chiqindi poligonida chiqindilarni yoqish holatlari qayd etilmagan. Poligon belgilangan ekologik me’yor va talablarga muvofiq faoliyat yuritmoqda. Shuningdek, yangi chiqindi poligoniga yondosh hududda joylashgan eski chiqindi poligonidagi chiqindilar usti tuproq bilan yopilib, belgilangan tartibda,  rekultivatsiya qilingan. “Maxsustrans–Ichb” DUK aholiga aniq va ishonchli ma’lumot yetkazish maqsadida doimiy ochiqlik siyosatini olib boradi va faqatgina rasmiy axborot manbalariga tayanishni so‘raydi.