Тариф: С НДС 8400 сум
image 2025-08-22

Rasmiy munosabat!!!

2025 yil 29 iyul kuni Kun.uz internet nashrida "Joylarda chiqindi tashish qanday ishlamoqda" sarlavha ostidagi tanqidiy ruhdagi maqolada Toshkent viloyatining Zangiota tumani hamda Farg‘ona viloyatining Quva tumanida maishiy chiqindilarni tashish xizmati samaradorligi va aholining yangi to‘lov tartibiga bo‘lgan munosabati yoritilgan. Maqolada ko'rsatilgan manzillarda chiqindilarni olib ketish xizmatlarining samaradorligi past deb baholangan va aholidan ko'rsatilmagan xizmatlar uchun haq undirish holatlari ochiqlangan.

Biroq mazkur hududlar “Maxsustrans ICHB” DUK xizmat ko‘rsatadigan manzillar emasligini, korxona faqatgina Toshkent shahridagi aholi va yuridik shaxslarga chiqindi tashish xizmatini ko‘rsatishi haqidagi ma’lumot to‘liq o‘rganilmagan. Natijada maqolada “Maxsustrans” faoliyati go‘yoki mazkur hududlarda sifatli tashkil etilmagan degan ma’no shakllangan. Shuni ma'lum qilamizki, Toshkent shahar hokimligi huzuridagi "Maxsustrans-Ishlab chiqarish Boshqarmasi" Davlat korxonasi xizmat ko'rsatayotgan Toshkent shahridagi mahallalarda maxsus texnikalarning oylab grafikdan chiqib ketish holatlari umuman kuzatilmaydi. Texnikalarning yo'nalish jadvallari aniq belgilangan va monitoring qilib boriladi.

Shu munosabat bilan, ommaviy axborot vositalari vakillariga murojaat qilib, biror mavzuni yoritishda mutanosiblik tamoyiliga rioya etish, ya’ni “tanganing ikki tomonini” ham tinglab, mavjud vaziyatni har tomonlama o‘rganish va xizmat ko‘rsatuvchi subyektlar faoliyati haqida aniq ma’lumotlarga asoslanish lozimligini ta’kidlab o‘tmoqchimiz.