02.10.2025
Bayram muborak, Aziz Ustozlar!!Yurt obodligi va aholi salomatligida katta oʼrin tutadigan bu sohaga zamonaviy yondashuvlar olib kirilmoqda. Oxirgi uch yilda barcha manbalardan 2 trillion soʼmdan ziyod mablagʼ yoʼnaltirildi. Oʼtgan yili Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi tashkil etildi.
Chiqindi korxonalari uchun 1 ming 200 ta yangi texnika olib berildi. Mahallalarda chiqindi maydonchalari qurildi. Toʼplash va tashib ketish yaxshilangani natijasida bu tarmoq ikkilamchi xomashyo manbaiga aylandi.
Аvvallari davlat monopoliyasida boʼlgan sohada tadbirkorlikka yoʼl ochilib, qulay biznes muhiti yaratildi. Jumladan, sanitar-tozalash hamda chiqindini qayta ishlash korxonalari uchun foyda soligʼi va ijtimoiy soliq stavkalari 1 foiz etib belgilandi. Chetdan olib kelinadigan texnika va uskunalar import bojidan ozod qilindi. Natijada 200 ga yaqin sanitar-tozalash va 290 ta chiqindini qayta ishlash korxonalari ochildi.
Taqdimotda mutasaddilar sohadagi loyihalarning borishi va galdagi rejalar haqida axborot berdi.
Yurtimizda yiliga 14 million tonna maishiy chiqindi hosil boʼladi. Lekin ularni qayta ishlash darajasi past. Soʼnggi yillardagi loyihalar natijasida bu endi 5 foizga yetdi.
Chiqindini yoqish orqali energiya ishlab chiqarish loyihalari qoʼllab-quvvatlanmoqda. Xitoylik investorlar 6 ta viloyatda shunday zavodlar qurayapti. Davlat chiqindi utilizatsiyasi uchun ularga toʼlov qilish bilan birga, hosil boʼlgan energiyani sotib olish boʼyicha ham majburiyat olayapti.
Yaqinda Toshkent shahrida tibbiyot chiqindisini yoqib, issiqlik oladigan ikkita korxona ishga tushirildi. Yana Samarqandda 2 ta, qolgan hududlarda bittadan shunday zavodlar qurilishi moʼljallangan.
Maishiy chiqindilarning toʼrtdan biri qogʼoz, plastik, rezina, shisha, toʼqimachilik qoldiqlariga toʼgʼri keladi. Ularni qayta ishlab, 1 trillion soʼmlik mahsulot olish mumkinligi aytildi. Bundan tashqari, yurtimizda qayta ishlanmaydigan qurilish, kimyo, elektron, texnik va sanoat moylari boʼyicha katta zaxira borligi koʼrsatib oʼtildi.
Chiqindini tashib ketish xizmatlari aholini rozi qiladigan darajada boʼlishi kerakligi taʼkidlandi. Shu bois mahallaga chiqindi texnikasining kelish vaqti va harakatini onlayn koʼrish imkoniyatini yaratish vazifasi qoʼyildi.
Ijtimoiy muassasalar va mahallalarni chiqindi konteynerlari bilan toʼliq taʼminlash boʼyicha ikki yillik dastur ishlab chiqilishi belgilandi. Аholida ekologik madaniyatni bogʼcha va maktabdan boshlab shakllantirish muhimligi taʼkidlandi.
02.10.2025
Bayram muborak, Aziz Ustozlar!!02.10.2025
Kim chiqindilarni yig'ish uchun javobgar?29.09.2025
Diqqat e'lon!!!© 2014-2019 "МАХСУСТРАНС" ДУК