03.12.2025
Chiqindilarni olib ketish xizmatiga to'lov qilishni unutmang!!!
2025-12-01
“Maxsustrans–ICHB” davlat unitar korxonasi tomonidan aholining murojaatlari bilan bevosita tanishish, mavjud muammolarni joyida o‘rganish va ularning tezkor, samarali hal etilishini ta’minlash maqsadida fuqarolik jamiyati institutlari vakillari uchun sayyor qabullar tashkil etilmoqda.
Sayyor qabullar barcha tumanlarda oldindan tasdiqlangan yagona grafik asosida o'tkaziladi. Ushbu tadbirlar fuqarolik jamiyati institutlari bilan ochiq muloqotni kengaytirish, hamkorlik mexanizmlarini mustahkamlash hamda chiqindilarni boshqarish sohasidagi mavjud taklif va tashabbuslarni amaliyotga joriy etishga qaratilgan.
“Maxsustrans–ICHB” DUK mazkur sayyor qabullarda:
fuqarolik jamiyati institutlari vakillarining fikr-mulohazalarini tinglash,
hududlarda qayd etilgan muammolarni o‘rganish,
taklif va tashabbuslarni ko‘rib chiqish,
xizmatlar sifatini yanada oshirishga qaratilgan choralarni belgilashni
asosiy maqsad qilib qo‘ygan.
Fuqarolik jamiyati institutlari vakillarini belgilangan grafik asosida o‘tkaziladigan mazkur sayyor qabullarda faol ishtirok etishga taklif qilamiz.
© 2014-2019 "МАХСУСТРАНС" ДУК

