Тариф: С НДС 8400 сум
image 2025-10-14

Chiqindi soxasini raqamlashtirish faoliyatiga oid seminar bo'lib o'tdi

Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Raqamli rivojlanish departamentida “Maxsustrans” DUK hamda “Toza poytaxt” kompleks dasturi faoliyati bilan tanishuv tashkil etildi.

Tadbirda Toshkent shahar prokuraturasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar prokuraturalari, shuningdek ekologiya boshqarmalari, “Maxsustrans” va “Toza hudud” DUK vakillari ishtirok etmoqda.

Dastlab ishtirokchilarga “Raqamli Toshkent” kompleks dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, xususan, “Xalq nazorati” elektron platformasi orqali kelib tushayotgan murojaatlar tahlili, rahbar paneli info dasturi, “Green Tashkent” axborot tizimi hamda “Toza poytaxt” dasturiy ta’minoti haqida taqdimot o‘tkazildi.

Mazkur tadbirda "Maxsustrans-Ichb" DUK boshlig'i K.Nabiyev so'zga chiqib, bugungi kunda soxada erishilayotgan yutuqlar va kelgusidagi rejalar haqida ma'lumot berdilar.