02.10.2025
Bayram muborak, Aziz Ustozlar!!Shahrimiz tozaligi va ozodaligini saqlash maqsadida mas’ullar tinimsiz faoliyat olib bormoqda. Biroq, ayrim fuqarolar tomonidan chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlash holatlari ko‘p bora va takror-takror kuzatilmoqda.
Toshkent shahrida belgilanmagan joylarga chiqindi tashlash bilan bog‘liq huquqbuzarliklar yuzasidan hozirgacha 808 ta holatda MJTKning 161-moddasi bo'yicha jarimalar qo‘llanildi.
Shundan:
3-7 martagacha takroriy chiqindi tashlash 772 ta holatda,
8-12 martagacha 26 ta holatda,
13-23 martagacha 10 ta holatda qayd etildi.
Eng ko‘p chiqindi tashlash holatlari Olmazor, Uchtepa va Yunusobod tumanlarida kuzatildi. Takroriy chiqindi tashlash bo‘yicha ham aynan shu tumanlarda yuqori ko‘rsatkichlar qayd etilgan.
Hurmatli fuqarolar! Chiqindilarni belgilangan joylarga tashlang. Bu shahrimizning tozaligini va sog‘lom muhitini saqlash uchun ham muhimdir.
02.10.2025
Bayram muborak, Aziz Ustozlar!!02.10.2025
Kim chiqindilarni yig'ish uchun javobgar?29.09.2025
Diqqat e'lon!!!© 2014-2019 "МАХСУСТРАНС" ДУК