02.10.2025
Bayram muborak, Aziz Ustozlar!!Samarqand viloyati Samarqand shahridagi “Xushrav” qo‘rg‘oni “Navro‘z” MFYda joylashgan 15 gektar hududda hamda Andijon viloyati Xo‘jaobod tumani “Xidirsha” MFY hududidagi 17 gektar yer maydonida chiqindilarni yoqish orqali elektr energiyasi ishlab chiqariladigan zavodlarning qurilish jarayonlariga start berildi.
Ta'kidlash joizki, joriy yil 24-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qattiq maishiy chiqindilarni yoqish orqali elektr energiyasi ishlab chiqarish investitsiya loyihalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi 116 va 118-son qarorlari qabul qilingan edi. Unga ko‘ra, hududda ekologik vaziyatni yaxshilash, chiqindilarni qayta ishlash sohasiga zamonaviy yechimlar va texnologiyalarni joriy etish orqali elektr energiyasi ishlab chiqariladi hamda sohaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya jalb etiladi.
Avvalroq davlatimiz rahbari ushbu loyihalar bilan yaqindan tanishgani hamda yurtimizda maishiy chiqindilarni yoqish orqali elektr energiyasi va mahsulot ishlab chiqaradigan 8 ta zavod qurilishi haqida xabar qilgan edik.
Samarqand viloyatidagi loyihada “Shanghai SUS Environment” LLC kompaniyasi tomonidan umumiy qiymati 150 mln AQSh dollari miqdorida investitsiya jalb etilgan. Kuniga 1,5 ming tonna chiqindi qayta ishlanib, yiliga jami 240 mln kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Unda 150-200 ta yangi ish o'rni yaratiladi.
Andijon viloyatidagi loyihada esa “China International Camce” kompaniyasi tomonidan umumiy qiymati 140 mln AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritilmoqda. Natijada kuniga 1,5 ming tonna chiqindi qayta ishlanib, yiliga jami 240 mln kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi va 150 ta yangi ish o'rni yaratiladi. Shuningdek, investorlar tomonidan 2025–2027-yillarda loyihalar ishga tushirilishi ko‘zda tutilgan.
Qolaversa, elektr energiyasini sotib olish va qattiq maishiy chiqindilarni yetkazib berish to‘g‘risidagi bitimlarga muvofiq kompaniyalar ishlab chiqargan elektr energiyasini 30 yil davomida “O‘zenergosotish” AJga kafolatlangan tarzda sotadi.
Mazkur tashabbuslar “yashil iqtisodiyot” tamoyillariga mos kelib, O‘zbekistonning ekologik barqarorligini ta’minlashga hamda kelajak avlod uchun toza va sog‘lom muhit yaratishi bilan ahamiyatlidir.
02.10.2025
Bayram muborak, Aziz Ustozlar!!02.10.2025
Kim chiqindilarni yig'ish uchun javobgar?29.09.2025
Diqqat e'lon!!!© 2014-2019 "МАХСУСТРАНС" ДУК