03.12.2025
Chiqindilarni olib ketish xizmatiga to'lov qilishni unutmang!!!
2025-07-03
"Mahallalarni chiqindilardan holi hududga aylantiramiz" shiori ostidagi ekologik targ‘ibot aksiyasi doirasida Mirobod tumani Sarakul mahallasi hududida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.
Jarayon davomida fuqarolar tomonidan noqonuniy ravishda tashlab ketilgan maishiy va ayniqsa qurilish chiqindilari aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan mas’ullar tomonidan tezkor choralar ko‘rildi. Belgilangan tartibda chiqindilar hududdan olib chiqildi va aholi bilan tushuntirish ishlari olib borildi.
Shu orqali hududning ekologik holati sezilarli darajada yaxshilandi.
© 2014-2019 "МАХСУСТРАНС" ДУК

