02.10.2025
Bayram muborak, Aziz Ustozlar!!Hurmatli Fuqarolar!!!
Ma’lum qilamizki, 2025-yil 8-iyundan boshlab chiqindi uchun to‘lovlar elektr energiyasi to‘lovlari bilan integratsiya qilingan tartibda amalga oshirilmoqda.
Ushbu o‘zgarish doirasida, chiqindilarni olib ketish xizmatlari bo‘yicha qarzdorligi mavjud bo‘lgan iste’molchilarga ogohlantiruv xabarlari qisqa SMS xabarlari ko‘rinishida yuborilmoqda.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, aholidan undiriladigan chiqindi to‘lovlari o‘rtacha daromad darajasidan kelib chiqqan holda belgilangan bo‘lib, ushbu mablag‘lar chiqindilarni maxsus poligongacha tashish va ularni zararsizlantirish (rekultivatsiya) xarajatlarining hammasini ham to‘liq qoplay olmaydi.
Mazkur xizmatlardan foydalanishda uzilishlarga yo‘l qo‘ymaslik va ortiqcha noqulayliklarning oldini olish maqsadida to‘lovlarni belgilangan muddatlarda amalga oshirishingizni so‘raymiz.
02.10.2025
Bayram muborak, Aziz Ustozlar!!02.10.2025
Kim chiqindilarni yig'ish uchun javobgar?29.09.2025
Diqqat e'lon!!!© 2014-2019 "МАХСУСТРАНС" ДУК