02.10.2025
Bayram muborak, Aziz Ustozlar!!Toshkentda ishlatilgan batareykalarni qabul qilish uchun maxsus urna o‘rnatildi.
Avvalroq @batareykalar.uz loyihasi haqida xabar bergandik.
Bu tashabbus atrof-muhitni himoya qilish, tuproq va suv ifloslanishining oldini olishga xizmat qiladi. Ishlatilgan batareykalar tarkibida zararli moddalarning yuqori darajada bo‘lishi sababli, ularni to‘g‘ri utilizatsiya qilish ekologik muammolarni kamaytirishga yordam beradi.
Endilikda Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi fuqarolar foydalanib bo‘lgan batareykalarni oddiy chiqindilarga aralashtirmasdan, ularni Chilonzor tumani, “Nafosat” MFY, 8-mavze, 19-uyga olib kelib topshirishlari mumkin.
Fuqarolarni ishlatilgan batareyalarni maxsus qabul joylariga topshirishga va ushbu loyihaga faol hissa qo‘shishga chaqiramiz!
02.10.2025
Bayram muborak, Aziz Ustozlar!!02.10.2025
Kim chiqindilarni yig'ish uchun javobgar?29.09.2025
Diqqat e'lon!!!© 2014-2019 "МАХСУСТРАНС" ДУК