03.12.2025
Chiqindilarni olib ketish xizmatiga to'lov qilishni unutmang!!!
2025-03-14
Shahar sanitar holatini saqlash uchun mas'ul xizmatlar tun-u kun faoliyat olib borayotgan bir paytda, ayrim fuqarolar tomonidan chiqindilarni belgilangan joylarga tashlamaslik holatlari uchramoqda. Bu esa nafaqat shahar ko‘rkiga, balki atrof-muhitga ham zarar yetkazmoqda. Chiqindilarni belgilanmagan joylarga va tartibsiz tashlash qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo‘ladi. Shu sababli, tegishli tashkilotlar tomonidan nazorat kuchaytirilib, qoidabuzarliklarga qarshi qat’iy choralar ko‘rilmoqda.
2025-yil mart oyining o‘tgan davri mobaynida:
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi – 26 ta,
Milliy gvardiya boshqarmasi – 337 ta,
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi – 176 ta,
Ichki ishlar bosh boshqarmasi – 2099 ta shunday holatlarni aniqlagan.
Poytaxt bo‘yicha aniqlangan jami 2638 ta qoidabuzarlik uchun 1 110 500 000 so‘m miqdorida jarimalar belgilandi.
Tegishli tashkilotlar ushbu ishlarni davom ettiradi.
Asl yechim – ijtimoiy mas'uliyat, axloq va tozalikni sevish!
Toza shahar – siz-u bizniki!
© 2014-2019 "МАХСУСТРАНС" ДУК

