02.10.2025
Bayram muborak, Aziz Ustozlar!!15-fevral kuni Toshkentdagi Fotosuratlar uyida iqtidorli rassom Sardor Nugmanovning “Qaytish” nomli shaxsiy ko‘rgazmasi ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
“Ekologik muammolar barchamizga birdek taalluqli hisoblanadi. E'tibor qaratadigan bo‘lsak, tabiat yildan-yilga ifloslanib bormoqda. Bolaligimizda biz ichadigan toza suv, nafas oladigan havo, toza ekologiya bugun dolzarb muammoga aylanmoqda. Maqsadim insonlarga ana shu muammolarni sanʼat asarlari yordamida yetkazib berish va barchani tabiatni asrab qolish yo‘lida birlashishga undashdir”, — dedi Sardor Nugmanov.
Taʼkidlash joizki, ko‘rgazmada chiqindi muammosiga ham alohida eʼtibor qaratildi. Xususan, “Hayot daraxti” orqali plastik chiqindilarning daraxtlar va umuman tabiatga katta zarar keltirishiga eʼtibor qaratilgan.
Maʼlumot uchun, plastik chiqindilar ekologiyaga uzoq yil zarar keltiradigan chiqindi hisoblanadi. Xususan, plastik ichimliklar idishlari — 450 yil, plastik stakanlar — 50 yil, plastik paketlar esa 450 yilda chiriydi. Yaʼni shuncha vaqt tabiatni zararlaydi.
Ko‘rgazmadan, shuningdek, ichimlik suvining yildan-yilga kamayib borayotgani, havo ifloslanishi, shaharsozlik oqibatlari, qayta tiklanadigan energiya, texnologiyalar va sunʼiy intellektning ahamiyati aks ettirilgan asarlar, tabiatdan ilhomlanib ishlangan manzaralar va afsonaviy qiyofalar, texnologiya va tabiat o‘rtasidagi muvozanatni aks ettirgan ekspozitsiyalar, sof tabiat va hayot manbasi tasvirlari ham o‘rin olgan.
Ko‘rgazma 23-fevralgacha davom etadi.
02.10.2025
Bayram muborak, Aziz Ustozlar!!02.10.2025
Kim chiqindilarni yig'ish uchun javobgar?29.09.2025
Diqqat e'lon!!!© 2014-2019 "МАХСУСТРАНС" ДУК